Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«UNICEF» va «Ucell» so‘rovlar o‘tkazish uchun «U-Report» platformasini yaratadi

«UNICEF» va «Ucell» so‘rovlar o‘tkazish uchun «U-Report» platformasini yaratadi

Фото: «UNICEF»

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg‘armasining (UNICEF) O‘zbekistondagi vakolatxonasi va Telia kompaniyasining telekommunikatsion guruhiga kiruvchi «COSCOM» MChJ («Ucell» savdo belgisi) O‘zbekiston yoshlarining nuqtai nazarini ifodalash uchun maydon yaratish maqsadida yangi hamkorlik bitimini imzoladi.


Ushbu hamkorlik hamjamiyat eng muhim masalalarni hal qilishda ishtirok etishi uchun mo‘ljallangan.

U-Report - bepul vositani yaratishga qaratilgan bo‘lib, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi rahbarligida U-Report SMS va boshqa texnologiyalar yordamida abonentlardan ma’lumot va fikrlarni yig‘ishga yordam beradi, javoblar real vaqt tartibida tahlil qilinadi.

Turli sektorlardagi vaziyatni yaxshilash uchun so‘rovlar natijalari yoshlar hamda qarorlarni qabul qilishda ishtirok etadigan shaxslar orasida tarqatiladi. Fikrlarni yig‘ish uchun beriladigan savollar sog‘liqni saqlash, ta’lim sohalari, yoshlar orasidagi ishsizlik va O‘zbekiston yoshlariga taalluqli boshqa masalalarni qamrab olishi mumkin.
 
Shu bilan birga U-Report natijalari, mamlakatning yosh fuqarolari ehtiyojlari va intilishlarini hisobga olgan holda, O‘zbekistonning yoshlarga oid siyosatini mustahkamlashga xizmat qiladi.
 
Bugungi kunda U-Report 5 million nafardan ortiq respondentlari mavjud bo‘lgan dunyoning 41 mamlakatida qo‘llaniladi. Ushbu innovatsion metodologiya alohida axborotlarning sir saqlanishini kafolatlaydi, lekin ayni paytda umumlashtirilgan ma’lumotlar bilan jamoatchilik bemalol tanishish imkoniga ega bo‘ladi. Olingan axborot yoshi, jinsi va mintaqalar bo‘yicha real vaqt tartibida tahlil etilib, yoshlarga o‘z tengdoshlari bilan aloqa saqlab turish va hukumat e’tiborini kechiktirib bo‘lmas masalalarga jalb qilishga yordam berishi mumkin. U-Reportda ro‘yxatdan o‘tish ixtiyoriy va bepul asosda amalga oshiriladi.
 
«U-Report o‘z jamiyatlarida mavjud muammolar to‘g‘risida ma’lumotlarni taqdim etish uchun U-reportyorlar vazifasini bajaradigan yosh ko‘ngillilar sa’y-harakatlariga tayanadi, bu esa o‘zgarishlarga xizmat qiladi», – deb ta’kidladi UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sasha Grauman. «O‘z navbatida, U-reportyorlar ularni qiziqtiradigan dolzarb masalalar bo‘yicha muhim ma’lumot va xabarlarni olish imkoniga ega bo‘ladilar. Biz birgalashib, O‘zbekiston yoshlari uchun zarur o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlay oladigan bo‘lamiz. Ularning fikrlarini eshitish o‘ta muhim, chunki yoshlar mamlakat aholisining 60 foizidan ortig‘ini tashkil qiladi. Bizning Ucellbilan hamkorligimiz innovatsiya va ishtirok tamoyillarini amalga oshirishga yo‘nalgan, bu esa barqaror rivojlanish kun tartibi maqsadlariga hamohangdir».
 
Shuningdek bitim doirasida Ucell o‘z obunachilariga UNICEFning veb-resurslaridan, xususan www.unicef.uz vebsaytidan bepul foydalanish imkonini taqdim etishni davom ettiradi. Ayni vaqtda Ucell bolalar farovonligiga bag‘ishlangan Jahon ko‘krak suti bilan boqish haftaligi, Xalqaro qo‘l yuvish kuni, Jahon bolalar kuni kabi muhim sanalarni nishonlashda UNICEFning barcha tadbirlariga qo‘shiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring