Yulduzlarni chuv tushirgan «firibgarlar qirolichasi» hibsga olindi
Buyuk Britaniyada «Gollivud firibgarlari qirolichasi» laqabini olgan jinoyatchi hibsga olindi. U bir necha yillar davomida o‘zini Gollivudning yetakchi mutaxassisi qilib ko‘rsatib, millionlab dollarlarni aldov yo‘llari bilan qo‘lga kiritgan. Bu haqda «Daily Mail» nashri xabar berdi.
Amerikalik aktyorlar, ssenariynavislar, kaskadyorlar, grimchilar va kino sanoatiga aloqador boshqa mutaxassislar 41 yoshli indoneziyalik Hargobind Tahilramani qurboniga aylanishgan.
U odati bo‘yicha ularga qo‘ng‘iroq qilar, o‘zini nufuzli prodyuser sifatida tanishtirar va navbatdagi blokbasterni surat olish ishlariga taklif qilardi.
Tahilramani o‘zini «Yulduzlar jangi»ni suratga olishga javobgar «Lucasfilm» prezidenti Ketlin Kennedi, «Adolat ligasi» va «Mo‘’jiza ayol» prodyuseri Debora Snayder, «Universal Pictures» rahbari Donna Lengli, «Sony Pictures Entertainment»ning sobiq rahbari Emi Paskal va «Kelajak chegarasi» va «Born identifikatsiyasi»ni suratga olgan rejissyor Dag Layman sifatida tanishtirgan.
Jabrlanuvchilarning aytishicha, firibgar ayollarning ovozini shu darajada mohirona talaffuz qilishdan tashqari birgina suhbat davomida birato‘la uchta odamning ovozini o‘xshata olgan: prodyuser, assistent va huquqshunos.
Ba’zan u aktyorlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri telefon orqali sinovdan o‘tishga taklif etib, mavjud bo‘lmagan kinossenariydan sahna ko‘rinishlarini o‘ynashni talab qilardi. Ko‘pchilik unga ishonganidan, hatto, Jakartaga kelishga ham rozi bo‘lgan. Jabrlanuvchilar ularni aldashayotganliklarini darrov payqashmagan. Tahilramanining soxta vakillari va boshqa sheriklari tomonidan turli xil xizmatlarga minglab dollarlarni sarflab yuborishgan. Buni tushunib yetganda esa kech bo‘lgan. Indoneziyalik qallob olti yil davomida hiyla-nayrang orqali 1,5-2 million dollarni qo‘lga kiritgan.
2020-yil noyabr oyida Tahilramani «Xameleon: Gollivud firibgarlari qirolichasi» serialida fosh bo‘ldi. Mualliflari mustaqil ravishda jurnalistlik tekshiruvini olib borishgan. Noyabr oyining oxirida Manchester politsiyasi Amerika rasmiylarining iltimosiga binoan jinoyatchini hibsga oldi. Uni AQShga topshirish rejalashtirilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter