Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Yulduzlar jangi»: «Tur de Frans» chempioni Til Shvaygerga hujum qildi

«Yulduzlar jangi»: «Tur de Frans» chempioni Til Shvaygerga hujum qildi

Foto: «Stuki-druki.com»

«Rbc.ru» xabar berishicha, Ispaniya politsiyasi «Tur de Frans» sobiq chempioni Yan Ulrixni hibsga oldi. U qo‘shnisi — taniqli nemis aktyori va rejissyori Til Shvaygernikiga bezorilarcha bostirib kirgan edi.

Aslida Ulrix i Shvayger Malorkada qo‘shni uylarda yashashadi va ikkalasi ham dam olishga kelishgandi. Shvayger uyida bazm uyushtirayotganida Ulrix devordan oshib o‘tib uning mehmonlariga qo‘lidagi supurgi bilan tahdid qila boshlaydi. Chaqirilmagan mehmonni yaxshilikcha ketishga undashidan naf chiqmagach, aktyor politsiyani chaqirishga majbur bo‘lgan, deya xabar bergan «Deutsche Welle».

Politsiya uchastkasidagi suhbatdan so‘ng Ulrix vaqtincha uyiga qo‘yib yuborildi, biroq unga qo‘shnilar bilan muloqot qilish qat’iyan taqiqlab qo‘yildi. Velosportchiga jazo keyinchalik tayinlanishi kutilmoqda.

«Frankfurter Allgemeine» gazetasi yozishicha, bir paytlar Shvayger va Ulrix do‘st bo‘lishgan, ammo keyinchalik sportchi keskin o‘zgarib, quyushqondan chiqadigan bo‘lib qoldi. «Uni oilasini sevuvchi inson sifatida yana ko‘rishga umid qilaman», — degan aktyor.

Yan Ulrix 1997-yili Fransiya yo‘llaridagi velopoygada g‘olib chiqqan, 2000-yilgi Sidney olimpiadasi oltin medali sohibi. Lens Armstrongning asosiy raqibi bo‘lgan va xuddi u kabi doping iste’molida ayblanib qator mukofotlaridan mahrum qilingan.

Shvayger esa ortiqcha ta’rifga muhtoj emas, uning o‘nlab filmlari o‘zbek tiliga dublyaj qilingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring