Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Yuksalish» harakatiga yangi rais saylandi

«Yuksalish» harakatiga yangi rais saylandi

Foto:«Yuksalish»

27-iyul kuni «Yuksalish» umummilliy harakati ta’sischilari yig‘ilishida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari orasidan yangi rais saylandi.

Unga ko‘ra, Parlament quyi palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi a’zosi Bobur Bekmurodov harakat raisi bo‘ldi.

B.Bekmurodov 1985-yil 5-yanvarda Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida tug‘ilgan. U O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Toshkent moliya institutini tamomlagan. 2005—2006-yillarda AQShning O‘zbekistondagi «Partnership for Academic development» (Akademik rivojlanish bo‘yicha hamkorlik») dasturi tinglovchisi, 2018-yilda «The John Smith Trust» (Buyuk Britaniya) menedjment dasturi tinglovchisi bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalgi rais Akmal Burhonov Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga rahbar etib tayinlangandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring