Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

YTHda vafot etgan yigit qayta jonlandi

YTHda vafot etgan yigit qayta jonlandi

Foto: «Terrnews.com»

Angliyaning Staffordshir grafligi Lik shahrida YTHga uchrab «vafot etgan» yigit shifokorlar uning o‘limini tasdiqlab, ota-onasi a’zolarini ehson qilishga ruhsat berganida jonlandi. Bu haqda «The Sun» xabar bermoqda.

13-mart kuni 18 yoshli Lyuis Robertsni mashina bosib ketdi. O‘smir bosh qismidan jiddiy jarohatlar olib shifoxonaga yotqizilgan. Jarrohlar zudlik bilan operatsiya qilishgan.

To‘rt kundan so‘ng shifoxona xodimlari uning ota-onasiga o‘g‘lining ahvolini yaxshilash uchun qo‘llaridan boshqa hech nima kelmasligini aytishib, o‘smir klinik o‘lim topgani haqida xabar berishgan.

Oila a’zolari yigit bilan vidolashib, tana a’zolari ko‘chirib o‘tkazishga muhtoj yetti kishining hayotini saqlab qolish uchun uning a’zolarini berishga rozi bo‘lishgan.

Ushbu qaror Robertsni hayotni ta’minlovchi tizimdan uzishidan oldin biroz vaqt yutishiga yordam berdi. A’zolarni ko‘chirib o‘tkazish operatsiyasidan bir necha soat oldin u o‘z-o‘zidan nafas ola boshlagan.

O‘shandan beri yigitning ahvoli yaxshilanishda davom etmoqda. O‘spirin so‘ngra oyoq-qo‘llarini mustaqil ravishda harakatlantirgan, boshini burgan, kipriklari va lablarini qimirlatgan.

Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, Roberts kundan-kunga yaxshilanmoqda.

Hozirda Oila tomonidan o‘spirin uchun xayriya aksiyasi tashkil etilgan bo‘lib, ular shu paytgacha 1,8 ming funt to‘plashga muvaffaq bo‘lishgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring