Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

YPX xodimi sizni to‘xtatganda qanday huquqlarga ega ekaningizni bilasizmi?

YPX xodimi sizni to‘xtatganda qanday huquqlarga ega ekaningizni bilasizmi?

Yo‘l harakati qatnashchilari yo‘l-patrul xizmati (YPX) xodimlari bilan munosabatlarda quyidagi huquqlarga ega:

— YPX xodimi tomonidan to‘xtatish asoslari hamda qoidalarning qaysi bandi buzganligi to‘g‘risida tushuntirish berishni talab qilish;

— transport vositasini to‘xtatgan YPX xodimidan o‘zini tanishtirishini, xizmat guvohnomasini ko‘rsatishini va ko‘krak nishon belgisini ma’lum qilishini talab qilish;

— xizmatni mobil videokamerasiz olib borayotgan YPX xodimiga hujjatlarni taqdim etmaslik;

— YPX xodimi bilan o‘zaro munosabatini o‘ziga tegishli audio, foto va video qurilmaga qayd qilish (taqiqlangan belgi mavjud hududlardan tashqari);

— qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollardan tashqari transport vositasi kabinasidan chiqmasdan, YPX xodimi bilan o‘zaro munosabatga kirishish;

— sodir etgan qoidabuzarligi qayd etilgan maxsus moslama natijalari bilan tanishish;

— huquqbuzarlik holatini aniqlashda foydalanilgan maxsus vositalarning qiyoslash sertifikatlarini ko‘rsatishni talab qilish;

— huquqbuzarlik holati yuzasidan tushuntirishlar berish;

— asossiz to‘xtatib turilmasligini talab qilish;

— YPX xodimi tomonidan transport vositasini yoki undagi yukni tashqi ko‘zdan kechirish jarayonida ishtirok etish;

— o‘zi to‘xtatilgan hududda YPX xodimi xizmat olib borishi mumkinligi haqidagi dislokatsiya ko‘chirmasi bilan shu joyning o‘zida tanishish;

— ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilganidan so‘ng YPX xodimining dislokatsiyasi saqlanayotgan saf bo‘limi boshlig‘idan dislokatsiya haqida yozma ma’lumot berishni talab qilish;

— o‘ziga nisbatan rasmiylashtirilgan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma va boshqa ish hujjatlari bilan tanishish, ulardan o‘z hisobidan nusxa ko‘chirish yoki ularni fotosuratga olish;

— YPX xodimining harakatlari yoki harakatsizligi, rasmiylashtirilgan ma’muriy bayonnoma ustidan yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilish;

— o‘zi guvohi bo‘lgan hodisa haqida YPX xodimiga haqqoniy ma’lumotni bayon qilish.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring