Yovvoyi hayvonlarni deb suratkash yettita kamerasidan ayrildi. Ammo bu kadrlar shunga arziydi (foto)
Suratkash Anup Shoh Keniyadagi «Masai-Mara» qo‘riqxonasi hayvonlarini veb-kameralarda tasvirga olish bilan shug‘ullanadi. Kameralarni hayvonlar eng ko‘p to‘planadigan, ob’yektivga yaqin kelishi mumkin joylarga o‘rnatadi. Ayrim qahramonlar hatto «poza»da turishga tayyor, ba’zilariga esa yaqinlashmagan ma’qul.
Ob’yektivda o‘z aksini ko‘rib qolgan vervetka (karlik martishka) sarosimada. Sal qolsa ob’yektivni tirnab tashlamoqchi edi.
Anubis pavianini hech qanday kamera bilan cho‘chita olmaysiz.
Oilaviy surat: ota fil va ona fil bolalari bilan.
Fillar chanqog‘ini qondirishga keldi. Keyinchalik ushbu kamera futbol koptogi vazifasini bajardi.
Keniyada ikki mingga yaqin sher bor. Ulardan biri yirik planda tasvirga mixlandi.
Bir qarashda xotirjam ko‘ringani bilan bu begemotning niyati nima — dargumon. O‘tgan yil avgustida ikki nafar suratkash sayyoh begemotlar tomonidan o‘ldirilgan.
Afrika buyvoli yaqinlashmoqda. Kamera xavf ostida — jonivor naq 600 kilogramm tosh bosadi.
Yana o‘sha anubis, qushcha qachon uchib chiqishini kutyapti.
Zebra va antilopalar Shohning kameralari yonginasidan o‘tib ketyapti. Suratkashning o‘zi esa 15 metr naridagi mashinada poylab o‘tiribdi.
Gnu antilopalari yashirin kameraga tushib qoldi. Anup Shoh bunaqa kadrlarni soatlab kutishga tayyor.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter