Yo‘tal orqali koronavirusni aniqlovchi dastur yaratildi
Buyuk Britaniyaning Esseks universiteti olimlari odamda koronavirus borligini yo‘tal ovozi bilan aniqlaydigan dastur yaratdilar, deb yozadi The times nashriga asoslanib Mir24.
DeepCough3D deb nomlangan dastur sun’iy intellekt asosida ishlab chiqilgan. Ilova allaqachon Ispaniya va Meksikadagi shifoxonalarda yo‘talayotgan odamlarning deyarli 8,4 ming audio yozuvlarida sinovdan o‘tkazilgan. Loyiha mualliflari o‘zlarining dasturlari odamda koronavirus mavjudligini yoki yo‘qligini 98 foiz hollarda to‘g‘ri aniqlagan deb da’vo qilmoqdalar.
Ishlab chiquvchilarning fikriga ko‘ra, DeepCough3D oddiy yo‘tal va koronavirus sabab bo‘lgan yo‘tal o‘rtasidagi farqni seza oladi. Olimlarning ta’kidlashicha, inson eshitish qobiliyati bu farqlarni his etish imkoniyatiga ega emas.
Ilova, shuningdek, odamning koronavirus bilan qanchalik darajada kasalligini aniqlashni ham biladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter