Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yot g‘oyalar ta’sirida Suriyaga borgan aka-ukalarning qismati ayanchli bo‘ldi

Yot g‘oyalar ta’sirida Suriyaga borgan aka-ukalarning qismati ayanchli bo‘ldi

Suriyadagi terroristik tashkilot faoliyatida ishtirok etgan andijonlik fuqaro 10 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda DXX xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Andijon shahrida yashovchi, 1997 y.t. shaxs 2017 yilning iyun oyida ishlash maqsadida Turkiyaning Istanbul shahriga borib, savdo do‘konida sotuvchilik bilan shug‘ullangan.

Oradan bir yil o‘tib, uning oldiga akasi borgach, ular birga ishlay boshlashgan.

Lekin, diniy mutaassiblikka berilgan, 1995 y.t. aka o‘z ukasini to‘g‘ri yo‘ldan adashtirib, unga terroristik tashkilotlar va diniy ekstremistik oqimlarning g‘oyaviy rahnamolari bo‘lgan Sodiq Samarqandiy, Abdulloh Zufar, Abdulloh Buxoriylarning ma’ruzalarini targ‘ib qiladi hamda Suriya davlatiga borib, jihod qilish lozimligini aytgan.

2018 yilning kuz oylarida aka-ukalarning kattasi, keyinroq esa kichigi Suriya davlatidagi terroristik tashkilot safiga borib qo‘shilishgan.

Lekin, qurolli to‘qnashuvlar vaqtida ularning kattasi ayanchli tarzda halok bo‘lgan.

O‘sha paytlari terroristik tashkilotlar o‘rtasida yuzaga kelgan kelishmovchiliklar, amir bo‘lish uchun yetakchilarning o‘zaro nizolarga kirishishlarini ko‘rib, hafsalasi pir bo‘lgan andijonlik yigit onasi yuborgan pullar yordamida Turkiyaga qaytib o‘tadi.

Keyinroq bir muddat Qirg‘izistonda bo‘lib, so‘ngra Qozog‘istonga borgan hamda ushbu davlatning soxta fuqarolik pasportini olgan. Shundan so‘ng u hujjatlarni qalbakilashtirgani uchun huquq-tartibot idoralari tomonidan ushlanib, jinoiy javobgarlikka tortiladi.

U Qozog‘istonda jazo muddatini o‘tab bo‘lgach, O‘zbekistonga deportatsiya qilingan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon shahar sudining hukmiga ko‘ra, «Tavhid va jihod katibasi» terroristik tashkiloti faoliyatida ishtirok etgan ushbu fuqaro Jinoyat Kodeksining 155-2 va 244-2-moddalari bilan aybli deb topilib, unga nisbatan 10 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring