Yoshlarga oid noxush statistika taqdim etildi
Yig‘ilishda jinoyat qilgan shaxslarning har uchinchisini yoshlar tashkil qilayotgani ta’kidlandi.
Ular tomonidan sodir etilgan jinoyatlarning 32 foizi o‘g‘rilik va firibgarlik hisoblanadi, ushbu toifadagi jinoyatlarning eng ko‘pi Toshkent shahri va Farg‘ona viloyatida qayd qilingan.
Yoshlar jinoyatining har yettinchisi guruh tarkibida sodir qilingan, 1 ming 100 nafar yoshlar takroran jinoyatga qo‘l urgan.
«E’tibor bering, yoshlar jinoyatchiligining katta qismi nazoratsiz qolgan voyaga yetmaganlar tomonidan sodir qilinmoqda.
Eng achinarlisi, voyaga yetmaganlar ichida o‘ta og‘ir jinoyat sodir etganlari ham bor», - dedi davlat rahbari.
Bu borada viloyatda ham, respublikada ham eng yomon ahvol Qo‘qon shahrida ekani ko‘rsatib o‘tildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter