Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Yoshlar mehnat guzari»ni va’da qilgan shaxs firibgar bo‘lib chiqdi

«Yoshlar mehnat guzari»ni va’da qilgan shaxs firibgar bo‘lib chiqdi

Foto: Prokuratura departamenti.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Chortoq tumani bo‘limlari tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan  tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda muqaddam firibgarlik va boshqa jinoyatlari uchun sudlangan Q.R. «T.S.» MChJ rahbari O.A.ning ishonchiga kirib, unga go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida MChJ qarashli yer maydonda «Yoshlar mehnat guzari» binosini qurish uchun ruxsatnoma olib berishi evaziga 2 000 AQSh dollari va 18 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring