Yosh olim YTHda halok bo‘ldi
Yosh olim, biologiya fanlari doktori Sanjar Sherimbetov Orolga ekspeditsiya paytida avtohalokat natijasida vafot etgan. Bu haqda uning do‘sti Rustam Ashurov xabar berdi.
«Ertalabdan noxush xabar. Yaqin do‘stimiz, olim inson, biologiya fanlari doktori Sherimbetov Sanjar Gulmirzoyevich Orolga ekspeditsiya paytida avtohalokat natijasida vafot etdi. Sanjar juda xushchaqchaq va samimiy inson sifatida yaqinlarining yodida qoladi», deb yozgan Ashurov.
Xabar.uz manbasining aytishicha, shu YTHda bir talaba va bir katta yoshli odam og‘ir jarohat olgan.
Ayni paytda ko‘plab olimlar Orolbo‘yi hududlarida tajribalar o‘tkazmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2021-yilda yosh jurnalist Said Maxsumov ham xizmat safari chog‘ida YTH qurboni bo‘lgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter