Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yopib qo‘yilgan Mirzo Ulug‘bek parki qayta ochiladi

Yopib qo‘yilgan Mirzo Ulug‘bek parki qayta ochiladi

Foto: RuTraveller

Tez kunda Toshkent shahridagi Mirzo Ulug‘bek parki (sobiq Telman parki) o‘rnida «Central Park» ochiladi. Bu haqida xiyobonning «Facebook»dagi sahifasiga tayanib, «Xalq so‘zi online» ma’lum qilgan.

Qayd etilishicha, xiyobonning qaytadan rekonstruksiya qilish davomida foydalanuvchilarning «Facebook»dagi sahifasida bildirgan barcha takliflari inobatga olingan.

Ko‘pchilik 1934-yilda ochilgan parkning tarixi va eski muhiti saqlanib qolishini so‘ragan. Xiyobonning yillar davomida yaroqsiz ahvolga kelgan barcha kommunikatsiyalari, irrigatsion tizimlari, elektrifikatsiyasi, avtosug‘orish tizimlari to‘liq yangilangan.

Eslatib o‘tamiz, park 2017-yilning 2-oktyabr kuni rekontruksiya qilinishi sabab yopilgani xabar qilingandi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring