Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xarobadan yashil bog‘gacha: Birinchi jamoat yashil parki aholining sevimli maskanlaridan biriga aylanadi

Xarobadan yashil bog‘gacha: Birinchi jamoat yashil parki aholining sevimli maskanlaridan biriga aylanadi

Toshkent shahri, Yunusobod tumanidagi park hududi 2020 yilgacha tashlandiq holatda bo‘lgan. Hozirda esa 1200 dan ortiq daraxt va 23 ming tup butalar ekilib, 7,5 gektar maydonda yashil bog‘ barpo etilmoqda.

Poytaxtdagi birinchi yashil jamoatchilik parki shovqin-surondan xoli, ekologik talablarga to‘liq javob beradi. Hududda o‘ziga xos atirgul bog‘i barpo qilinmoqda, tabiiy ko‘l yaratiladi, qushlar uchun inlar quriladi. Hamma yo‘laklar toshlardan, o‘rindiqlar esa qurigan daraxtlardan, ya’ni to‘liq tabiiy materiallardan qilinadi. Shuningdek, yil davomida ketma-ket gullaydigan o‘simliklar ekiladi va bu parkning doimiy ko‘rkam qiyofa kasb etishiga xizmat qiladi.

Bundan tashqari, jamoat parkiga kirish mutlaqo bepul va istagan kishi hordiq chiqarishi mumkin. Park hududida chiqindi tashlash qat’iy taqiqlanadi (chiqindilarni faqat parkka kirish va chiqish joyida o‘rnatilgan chiqindi qutilariga tashlash lozim), bu esa hududning ekologik toza maskanga aylanishini ta’minlaydi. Park to‘liq Yevropa, jumladan, Yaponiya tajribasi asosida barpo qilinmoqda, bu yerda faqat mahalliy, o‘zimizning iqlimga mos daraxtlar ekilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring