Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yong‘in sodir bo‘lgan, lekin xususiy bog‘chada emas — FVV

Yong‘in sodir bo‘lgan, lekin xususiy bog‘chada emas — FVV

Foto: «Xabar.uz» o‘quvchisi jo‘natgan videodan skrinshot

FVV ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan «Toshkentdagi xususiy bog‘chalardan birida yong‘in sodir bo‘lgani aytilmoqda» nomli xabar yuzasidan ma’lumot berdi.

Xabarga ko‘ra, yong‘in aslida Mirobod tumani «Mirobod» MFYdagi xonadonlardan birida sodir bo‘lgan. Ya’ni xususiy bog‘cha emas, balki uning ortida joylashgan xonadonda yong‘in chiqqan.

Mirobod tumani «Mirobod» MFYda joylashgan xonadonlardan birida yong‘in bo‘layotganligi to‘g‘risidagi xabar bugun, 20-iyun kuni soat 17:48da Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga kelib tushgan.

Voqea joyiga 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 17:56 da yetib borib, soat 18:18 da yong‘in qurshab olingan, soat 18:31 da yong‘in batamom o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida ushbu xonadonning taxminan 80 kv. m. maydonga teng tomi, shift qismi va uy-jihozlari yongan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan yoki halok bo‘lganlar yo‘q, yong‘inning kelib chiqish sabablari hamda uning zarar miqdori aniqlanmoqda, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring