«Yomg‘irli kunlardan so‘ng quruq ob-havo bo‘ladi» — O‘zgidromet
O‘zbekiston bo‘yicha 2024 yil 20-24 may kunlariga ob-havo prognozi taqdim qilindi.
Dam olish kunlari kuzatilgan yomg‘irli va salqin ob-havodan so‘ng 20-22 may kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha quruq ob-havo bo‘ladi.
Faqat Toshkent, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida bugun kunning birinchi yarmida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
23-24 mayda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi.
Ushbu kunlarda harorat ko‘tariladi va haftaning o‘rtasiga kelib 24-29 daraja, janubda 30-32 darajaga yetadi.
22-23 may kunlari cho‘l hududlarda, 24 mayda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda 20-24 may kunlar vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi saqlanib turadi.
Poytaxtimizda bugun kunning birinchi yarmida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat 22-24 daraja bo‘ladi.
21-22 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 23 mayda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat asosan kechalari 14-17 daraja, kunduz kunlari 25-27 daraja bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter