Yolqin To‘ychiyev filmi xalqaro kinofestivalga taklifnoma oldi
Yolqin To‘ychiyevning «Faridaning ikki ming qo‘shig‘i» filmi Pusan xalqaro kinofestivalida ishtirok etish uchun taklif oldi.
Festival shu yilning 12-21-oktyabr kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Pusan kinofestivali Osiyoning eng yirik xalqaro festivallaridan biri hisoblanadi. «Faridaning ikki ming qo‘shig‘i» so‘nggi 3 yillikda Pusanda qatnashayotgan ikkinchi o‘zbek filmi. 2018-yilda Rashid Malikovning «Sabot» filmi ham ushbu kinofestivalda qatnashgan edi.
«O‘zbekkino» milliy agentligi buyurtmasiga asosan Fox Cinema studiyasi tomonidan suratga olingan «Faridaning ikki ming qo‘shig‘i» filmi bir necha hafta oldin agentlik media klubida yopiq namoyish qilingan edi. Namoyishda ishtirok etgan ko‘plab jurnalist va blogerlar hamda jamoatchilik faollari tomonidan mazkur film iliq qabul qilindi.
Mavzuga oid: «Faridaning ikki ming qo‘shig‘i»ni ko‘rdim, afsus...
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter