Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yo‘lkira haqi 1000 so‘m: jamoat transportida aksiya boshlandi

Yo‘lkira haqi 1000 so‘m: jamoat transportida aksiya boshlandi

Aksiya 10 yanvarda 9 ta shaharda start oldi: Toshkent, Samarqand, Buxoro, Navoiy, Urganch, Xiva, Namangan, Qarshi, Andijon.

«Mastercard bilan qatnov» aksiyasi jamoat transportida yo‘l haqini 1000 so‘mga tushirish imkonini beradi. Taklifdan foydalanish uchun yo‘lovchi avtobusga chiqaverishda yoki Toshkent metropolitenining turniketida joylashgan ATTO validatoriga Mastercard kartasini tekkizish orqali yo‘l haqini to‘lashi kerak bo‘ladi.

Aksiya Toshkentda 2024 yil 10 fevralgacha, boshqa shaharlarda – 2024 yil 10 aprelgacha davom etadi. Tashkilotchi aksiya muddatini uzaytirish yoki qisqartirish huquqiga egaligi aytiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring