Yolg‘izlik hissi nafaqat umrni qisqartiradi, balki...
Michigan universiteti olimlari ko‘p yillar davom etgan yolg‘izlik hissi xavfli kasalliklarni keltirib chiqarishi va umrning qisqarishi bilan bog‘liqligini aniqladilar.
Tadqiqotchilar 1996-yildan 2004-yilgacha bo‘lgan sakkiz yillik davrni o‘z ichiga olgan 50 va undan katta yoshdagi 9000 dan ortiq ishtirokchilarning ma’lumotlarini tahlil qilishdi. Ko‘ngillilar to‘rt guruhga bo‘lingan: yolg‘izlikni hech qachon boshdan kechirmaganlar va butun davr davomida kamida bir, ikki va uch yoki undan ko‘p marta uzoq vaqt yolg‘izlikni boshdan kechirganlar. Javoblar ishtirokchilarning salomatlik holati va turmush tarzi bilan solishtirildi.
Ma’lum bo‘lishicha, odamlarning yolg‘izlikni boshdan kechirishlari soni ko‘proq odamlarning umr ko‘rish davomiyligining qisqarishi bilan bog‘liq. Tadqiqotda ko‘rsatilgan sakkiz yillik vaqt oralig‘ida agar kimdir bir marta yolg‘izlikni boshidan kechirgan bo‘lsa o‘lim holatlari soni 106 taga, ikki marta yolg‘izlikni boshdan kechirgan bo‘lsa 202 taga, yolg‘izlikni uch marta yoki undan ko‘p boshdan kechirgan bo‘lsa 288 taga ko‘paygan.
Biroq, mutaxassislarning ta’kidlashicha, sog‘liq uchun zararli bo‘lgan yolg‘izlik hissi asoratlari yolg‘izlikni yoki yolg‘iz yashashni afzal ko‘radiganlarga tegishli emas.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter