Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yo‘lda qush fojiaga sabab bo‘ldi

Yo‘lda qush fojiaga sabab bo‘ldi

Foto: «The Sun»

Angliyaning Saut-Yorkshir grafligi Sheffild shahrida keksa mototsiklchini shlemiga uchib kelgan qush halok qildi. Bu haqda «The Sun» xabar bermoqda.

30-mart kuni 73 yoshli Uilyam Jekson mototsiklda ketayotib, ikkita mashinani quvib o‘tgan. U manyovrni tugatib, o‘z yo‘liga qaytganda shlemiga qush kelib urilgan.

Zarbadan Jeksonning mototsikli yo‘ldan maydonga chiqib ketgan. U mototsikldan yiqilib tushgan va hodisa joyida hayotdan ko‘z yumgan. Keyinchalik uning jasadini ariqdan topishgan.

Politsiya voqeaga guvoh bo‘lganlarni izlamoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring