Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yo‘l bermaslikning oqibati yaxshi bo‘lmadi

Yo‘l bermaslikning oqibati yaxshi bo‘lmadi

Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumanida YTH sodir bo‘ldi.

Mazkur hodisa 2024 yil 11 yanvar kuni soat 09:00 larda tumanning Axmad Yugnakiy ko‘chasida Lacetti rusumli avtomashinasi  ikkinchi darajali yo‘ldan harakatlanib, asosiy yo‘ldan kelayotgan Lada Vesta rusumli avtomashinasiga yo‘l bermasligi oqibatida yuzaga kelgan.

Natijada Lada Vesta transport vositasi ag‘darilib ketgan.

Yo‘l-transport hodisasi natijasida tan jarohati olganlar yo‘q, deyiladi IIBB YHXB xabarida.

Hozirda holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring