Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yirik tog‘ kurorti – «Wyndham Garden Charvak»da villalar sotuvi boshlandi

Yirik tog‘ kurorti – «Wyndham Garden Charvak»da villalar sotuvi boshlandi

Toshkent shahrida Markaziy Osiyodagi eng yirik tog‘ kurorti – «Wyndham Garden Charvak»ning sotuv ofisi ochildi.

Shu munosabat bilan bo‘lib o‘tgan tadbirda ta’kidlanishicha, 100 gektar hududda qurilayotgan loyihani Turkiyaning «Dune Group Development» developerlik kompaniyasi amalga oshiryapti. Ayni paytda ishlarning 30 foizi bajarib bo‘lindi va ilk villalar sotuvi ham boshlangan.

«Wyndham Garden Charvak» kurorti kelgusida yil davomida dam olish uchun barcha sharoitlar mavjud kurort-shahar sifatida rejalashtirilgan bo‘lib, 100 xonali 8 qavatli mehmonxona, villalar, basseynlar, sport va bolalar maydonchalari, turli konsepsiyalardagi restoranlar, attratsionlar zonasi, spa-markaz, konfrens-zallardan iborat bo‘ladi.

– O‘n yil oldin, biz O‘zbekistonga ilk bor kelganimizda, bu mamlakatning sayyohlik salohiyati haqida kamchilik bilardi. Hozir esa bu yer dunyoning turli burchaklaridan kelgan sayohatchilar yangi narsalarni kashf etadigan mamlakat.

«Wyndham Garden Charvak» esa bu shunchaki navbatdagi loyihalarimizdan biri emas, balki bu bizning Markaziy Osiyoda dam olish xizmatlarini premium darajasida bo‘lishi mumkinligini ko‘rsata olish imkoniyatimiz hamdir, – deydi Markaziy Osiyo, MDH va Isroildagi Wyndham Hotels & Resorts mehmonxonalarini rivojlantirish bo‘yicha bosh direktori Sergey Yegorov.

Sergey Yegorovning qo‘shimcha qilishicha, «Wyndham Garden Charvak» xalqaro sayyohlarni jalb qilish va mahalliy aholi uchun barqaror infratuzilma yaratishni nazarda tutayotgan O‘zbekistondagi eng muhim kurortga aylanishi lozim.

– Loyiha qurilishi tabiat hududida bo‘lganligi sababli ekologik normalarga rioya etilishi qat’iy nazoratga olingan. Loyihamizning kichik maketiga e’tibor bergan bo‘lsangiz, asosan yashil hududga e’tibor qaratganmiz. Bu bilan kurort hududining tabiat bilan uyg‘unligini yo‘qotmaslik maqsad qilingan. Hatto, bizning hududda transport vositasida yurish mumkin bo‘lmaydi. Balki elektromobillardagina harkatlanishga ruxsat beriladi.

Biz dam olishga kelgan odamlarning bemalol oilaviy hordiq chiqarishlari, o‘zlarini qulay va xavfsiz his qilishlari uchun qo‘ldan kelgancha harakat qilyapmiz.

Daraxtlar masalasida esa, ayni paytda qurilish ketayotgan ayrim hududlardagi daraxtlar maxsus texnikalarda ko‘chirilyapti, – deydi «Wyndham Garden Charvak» hamta’sischisi va bosh direktori Atham Mirzaahmedov.

Qayd etilishicha, loyiha tayyorlanish jarayonida qator imkoniyatlar hisobga olingan. Jumladan, ichki va tashqi turizm masalasida ham.

– Odamlarimizning xorij davlatlaridagi kurort manzillarga pul sarflab borib kelishyapti. Endi xuddi shu xizmatlarni taqdim qiluvchi o‘zimizning resort bo‘ladi. Bu, o‘z navbatida, dam oluvchilarning pulini va vaqtini tejaydi, – deydi A.Mirzaahmedov.

«Wyndham Garden Charvak» xalqaro tarmoq tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazorat ostida qurilmoqda. Hamkor nazorati rejalashtirishdan tortib to foydalanishga topshirishgacha – loyihaning butun siklini qamrab oladi.

Arxitekturaviy yechimlar, materiallar va pardoz elementlari «Wyndham» xalqaro jamoasi bilan majburiy kelishuvdan o‘tadi. Tarmoq vakillari qurilish maydonchasiga muntazam tashrif buyurib, har bir bosqichda brend standartlariga muvofiqlikni tekshiradilar.

Bunday yondashuv yuqori sifat darajasini va dunyoning turli mamlakatlarida «Wyndham» boshqaruvidagi ob’yektlarni tanlaydigan mehmonlar ishonchini ta’minlash imkonini beradi.

Ta’kidlanishicha, resort konsepsiyasi yashashning o‘zinigina emas, balki bir joyning o‘zida dam olish, ko‘ngil ochish, ovqatlanish va xalqaro darajadagi servisni ham ko‘zda tutadi.

Majmuaning 5,5 gektarini O‘zbekistondagi eng yirik akvapark egallaydi. Bolalar uchun xavfsiz trassalardan, kattalar uchun ekstremal minoralargacha, shuningdek to‘lqinli basseyn, keng-mo‘l launj-hududlar va fudkort tashkil etiladi. Akvapark Markaziy Osiyo va Yevropadagi eng keng ko‘lamli suv parklaridan biriga aylanishni va’da qilinmoqda.

2028 yilda foydalanishga topshirilishi aytilayotgan yirik tog‘ kurori majmuasida villalar sotuvi boshlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring