Yirik milliarder Rossiya fuqaroligidan voz kechdi
«Areti» energetika kompaniyasi asoschisi va rahbari Igor Makarov Rossiya fuqaroligidan voz kechdi, bu haqda Amerikaning Forbes nashri ma’lumot bermoqda.
Unda Makarov Rossiya pasportidan voz kechgani va hozirda Kipr fuqarosi ekani aytiladi.
Shu munosabat bilan Forbes sobiq rossiyalikni eng boy kiprliklar ro‘yxatiga kiritdi - Makarov u yerda beshinchi o‘rinni egalladi. Milliarderlarning global reytingida u 1368-o‘rinni egallab turibdi.
2020 yilda Kiprning Politic nashri tadbirkorning investitsiya evaziga Kipr fuqaroligini berishning shubhali epizodlari orasida ekanligini yozdi. Shunga o‘xshash holatlar 2008-2012 yillarda sodir bo‘lgan.
Igor Makarov 1962 yilda Ashxobodda tug‘ilgan. 1992 yilda u Rossiyada birinchi mustaqil gaz kompaniyasi «Itera»ga asos solgan va unga rahbarlik qilgan. 2013 yilda u gaz aktivlarini sotdi va kompaniya nomini «Areti» deb o‘zgartirdi. Kompaniya veb-saytidagi ma’lumotlarga ko‘ra, xolding shtab-kvartirasi Shveysariyada joylashgan bo‘lib, u MDH va Boltiqbo‘yi mamlakatlari, AQSh, Kanada, G‘arbiy Yevropa va Yaqin Sharqda biznes yuritib keladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter