Yerga ulkan asteroid yaqinlashmoqda
Anchagina katta — diametri 800 metr atrofidagi asteroid Yerga yaqinlashmoqda. Jahon astronomlari uni diqqat bilan kuzatishyapti, Rossiya FA Amaliy matematika institutining Xalqaro optik teleskoplar tarmog‘i ham ular qatorida.
Ta’kidlanishicha, fazoviy jism 16-fevral sanasida Yerga eng yaqin masofaga keladi. Soniyasiga 24 kilometr tezlikdagi asteroid 4,6 mln kilometr naridan o‘tib ketishi kutilyapti.
Solishtirish uchun: Yerdan Oygacha — 384 400 km, Yerdan Marsgacha — 55,76 mln km (Yer Quyosh va Mars o‘rtasida joylashganida, ya’ni eng yaqin masofa).
Ushbu jism sayyoramiz uchun xavflimi-yo‘qmi? Olimlar ayni savol ustida bosh qotirishyapti. Hisob-kitob ishlari tugagani yo‘q.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter