FIFA yilning eng yaxshi futbolchisini e’lon qildi
FIFA tomonidan yilning eng yaxshilarini aniqlash marosimi – The Best-2020 o‘tkazildi.
Unga ko‘ra, Polsha terma jamoasi va «Bavariya» klubi hujumchisi Robert Levandovski yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
U o‘tgan mavsumda o‘z jamoasi bilan 5 sovrinni qo‘lga kiritdi. Chempionlar ligasi, Bundesliga va Germaniya kubogida to‘purar bo‘ldi.
The Best-2020 sovrini uchun u «Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu va «Barselona» yetakchisi Lionel Messi bilan kurash olib borgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter