Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yil boshidan buyon O‘zbekiston yo‘llarida 1,4 ming kishi YTH qurboni bo‘lgan

Yil boshidan buyon O‘zbekiston yo‘llarida 1,4 ming kishi YTH qurboni bo‘lgan

2023-yilning yanvar-avgust oylarida 9 milliondan ortiq yo‘l harakati qoidalari buzilishi qayd etilgan. Jumladan, 8 millionga yaqin qo‘pol qoidabuzarliklar, 26 mingga yaqin mast holatda avtomobil boshqarish va 161 mingdan ortiq piyodalar qoidabuzarligi qayd etilgan.

Oqibatda esa shu davrda 5 772 ta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan, ularda 1 415 kishi halok bo‘lgan, yana 5 448 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohatlari olgan.

Bu haqda Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Tolibjon Madumarov ma’lum qildi.

Tolibjon Madumarov, shuningdek O‘zbekiston bo‘ylab 11 mingga yaqin piyodalar o‘tish joyi mavjudligini ta’kidladi. Biroq ularning atigi 1 834 tasida piyodalar xavfsizligini ta’minlash maqsadida svetofor yoki boshqa yo‘l belgilari o‘rnatilgan.

Aksariyat nazoratsiz piyodalar o‘tish joylarida ham haydovchilarni ushbu ob’yekt haqida zudlik bilan ogohlantiruvchi tegishli yo‘l belgilari o‘rnatilmagan.

Senatorning qayd etishicha, 2021-yildan 2023-yilgacha bo‘lgan davrda nazoratsiz piyodalar o‘tish joylarida 2 784 ta baxtsiz hodisa qayd etilgan bo‘lib, ulardan 1007 tasi qorong‘uda sodir bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring