Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Davlat ro‘yxatidan o‘tgan mashinalarning 94 foizi O‘zbekistonda chiqarilgan — statistika

Davlat ro‘yxatidan o‘tgan mashinalarning 94 foizi O‘zbekistonda chiqarilgan — statistika

Foto: Xabar.uz

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan yangi yengil avtotransport vositalari soni 222 794 tani tashkil etgan.

Shundan:

— O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan – 94,4 foiz (210 419 dona)

— Xorijda ishlab chiqarilgan – 5,6 foiz esa (12 375 dona)

Respublika bo‘yicha davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan yangi avtotransport vositalarining eng katta ulushi Toshkent shahri (jamiga nisbatan 30,1 foiz yoki 67 161 dona) hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring