Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yigitchaning «Spark» «ovi» baroridan kelmadi

Yigitchaning «Spark» «ovi» baroridan kelmadi

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamentining bergan xabariga ko‘ra, 2020 yil 05 may kuni soat 08:00 da 28 yoshli D.B. Shahrixon tumani Do‘stlik MFY o‘ramidan o‘tgan «Shahrixon-Quva» avtomashina qatnov qismining mol bozor ro‘parasida turgan 23 yoshli I.A.ga tegishli bo‘lgan «Spark» rusumli avtomashinani salonidan moddiy qimmatliklarni yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida old o‘ng tomon eshik qulfini temir jism yordamida buzib ochayotgan vaqtda I.A.ning otasi X.I. tomonidan ushlab qolingan.

Mazkur holat yuzasidan Shahrixon tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan D.B.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 25,169-moddasi 3-qismi «a» bandi (o‘g‘irlik jinoyatiga suiqasd qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov jarayonida D.B.dan avtomashina eshik qulfini buzishda foydalangan temir jism ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan. D.B. ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring