Yashnoboddagi do‘konni «shilgan» o‘g‘ri uch kun o‘tib kasallikdan vafot etdi
Ijtimoiy tarmoqlarda bir fuqaro do‘konda o‘g‘rilik sodir etayotganligi aks etgan video tarqalmoqda. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB bayonot berdi.
Joriy yilning 26-avgust kuni Yashnobod tumanida joylashgan do‘konlarning birida 1984-yilda tug‘ilgan Aleksandr Ryabov jami 503.000 so‘mlik mahsulotlarni talon-taroj qilib, voqea joyidan yashiringan.
Holat yuzasidan o‘tkazilgan tekshiruv jarayonida A.Ryabov 2022-yilning 29-avgust kuni surunkali kasallik tufayli vafot etganligi sababli, ish hujjatlari yurituvdan tugatiladi, deyiladi bayonotda.
IIBB avval mashinalar eshigiga qulf osib, pul talab qilgan shaxs ushlanganini bildirgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter