Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yarashtirishga borgan farzand odam o‘limiga sababchi bo‘ldi

Yarashtirishga borgan farzand odam o‘limiga sababchi bo‘ldi

Foto: «Tergov.uz»

2021-yil 27-fevral kuni soat 19:30 larda 32 yoshli Ahror U. Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahri «Ariqbo‘yi» MFY.da yashovchi 52 yoshli G‘ayrat Yu.ning oldiga kelib, u bilan o‘zaro janjallashib qolib, uni qo‘l va oyoqlari bilan urib tan jarohati yetkazgan. Natijada G‘ayrat Yu. olgan jarohatlari oqibatida shifoxonada vafot etgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, G‘ayrat Yu. tanishi A.O. bilan birgalikda spirtli ichimlik iste’mol qilib, mast holatda G‘ayrat Yu.ning uyiga kelib u yerda janjallashib qolganliklaridan A.O.ning o‘g‘li Ahror U. xabar topib otasi bilan yarashtirib qo‘yish maqsadida mast holatdagi G‘ayrat Yu.ni uyiga kelib uni olib ketmoqchi bo‘lgan vaqtida o‘zaro janjallashib qolganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Marg‘ilon shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Ahror U.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi «d» bandi (Qasddan badanga og‘ir tan jarohati yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan.

Hozirda tergov davom etmoqda, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring