Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaponlar O‘zbekistonda ikki yirik loyihani amalga oshirishga kirishdi

Yaponlar O‘zbekistonda ikki yirik loyihani amalga oshirishga kirishdi

Foto: «Mitc.uz»

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida «Toyota Tsusho Corporation» kompaniyasi vitse-prezidenti Xideki Yanase va «NEC Corporation» kompaniyasi katta vitse-prezidenti Shigeru Okuya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda AKT vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: «Mitc.uz»

Muloqot davomida Yaponiya xalqaro hamkorlik banki (JBIC), ushbu mamlakatning tijorat banklari kredit mablag‘lari hisobidan amalga oshirilayotgan «Ma’lumotlar uzatishning magistral va multiservis tarmog‘ini kengaytirish» hamda «IMS texnologiyasi bo‘yicha kommutatsiya markazlarini modernizatsiyalash» investitsiya loyihalarining amaliy jihatlari muhokama etildi. Yaponiyalik hamkorlar tomonidan loyihani amalga oshirish doirasida o‘z majburiyatlarini to‘liq bajarishga, shu jumladan, jadval asosida uskunalarni o‘z vaqtida yetkazib berishga tayyor ekanliklari bildirildi.

Shuningdek, zamonaviy telekommunikatsiya va axborot texnologiyalarini tatbiq etishning istiqbolli loyihalari bo‘yicha fikr almashildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring