Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaponiyalik 30 nafar ko‘ngilli Orolbo‘yini ko‘kalamzorlashtirish jarayonlarida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga keldi

Yaponiyalik 30 nafar ko‘ngilli Orolbo‘yini ko‘kalamzorlashtirish jarayonlarida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga keldi

foto: «Dunyo» AA

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan «Yashil makon» umummilliy loyihada ishtirok etish uchun 30 nafar yaponiyalik ko‘ngillilar O‘zbekistonga keldi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Yaponiyalik ko‘ngillilarning yurtimizga safari mamlakatimizning Yaponiyadagi elchixonasi ko‘magida OISCA tashkiloti tomonidan tashkil qilindi. Tashrif davomida yapon ko‘ngillilari Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti talabalari bilan birgalikda Orol dengizining qurigan 10-gektar tubiga 10 ming tup daraxt ko‘chatlarini ekishlari rejalashtirilgan.

OISCA (The Organization for Industrial, Spiritual and Cultural Advancement) Nodavlat xalqaro tashkilot bo‘lib, 1961-yilda Tokio shahrida tashkil etilgan.

Ushbu tashkilot  2015-yildan buyon yurtimizda atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha qator loyihalarni amalga oshirib kelayapti. Xususan, OISCA tomonidan 2022-yildan boshlab 10 yil davomida Orol dengizining qurigan hududining 40 ming gektar maydonini ko‘kalamzorlashtirish loyihasi hayotga tadbiq etilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring