Orol dengizi va Yangi O‘zbekiston tajribasi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan dolzarb ekologik masalalarni hal qilishda jiddiy qadamlar tashlanmoqda. Xususan, global muammoga aylanib ulgurgan Orol muammosini hal qilishda bevosita Yangi O‘zbekiston tajribasi qo‘llanilmoqda.
BMT Orolbo‘yida ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha 6 yillik ish natijalarini taqdim etdi
Birlashgan Millatlar Tashkiloti O‘zbekiston hukumati va rivojlanish bo‘yicha asosiy hamkorlar bilan birga Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida Orol dengizi mintaqasida barqaror rivojlanish bo‘yicha COP29 yordamchi tadbirini tashkil qildi.
O‘zbekiston va Xitoy olimlari Orol dengizi tubini hamkorlikda o‘rganishga kirishdi
Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universitetida («Green University») Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Shinjon ekologiya va geografiya instituti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan hamkorlikda Orol dengizi qurigan tubining ekologiyasi va atrof-muhitiga oid kompleks ilmiy ekspeditsiyaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
G‘arbga sayohat – «Orol turizmi» doirasida Orolbo‘yi muammolariga bir nazar
Kuniga ikki mahal tish tozalayotib, suvni sharillatib oqizib qo‘yadigan, bitta erkatoy mashinasini yuvish uchun yuzlab litr suvni isrof qiladigan va har uch kunda basseyniga tonnalab suv quyadigan har bir odam borki mana shu konferensiyada boshidan oxirigacha o‘tirishi kerak edi. Orol fojeasi haqida gapirila boshlanganiga 40 yildan oshdi, ammo eshitadigan odam juda kam.
Orol dengizining ikkinchi nafasi
Daraxtlar sayyoramiz ekotizimida muhim rol o‘ynaydi. Ular biologik xilma-xillikni saqlashga, kislorod ishlab chiqarishga, havoni tozalashga yordam beradi.
Yaponiyalik 30 nafar ko‘ngilli Orolbo‘yini ko‘kalamzorlashtirish jarayonlarida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga keldi
Yaponiyalik ko‘ngillilarning yurtimizga safari mamlakatimizning Yaponiyadagi elchixonasi ko‘magida OISCA tashkiloti tomonidan tashkil qilindi.
Germaniya Orolbo‘yiga 700 ming yevro ajratadi
Bugun, 16 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida Orolbo‘yi mintaqasi uchun Trast jamg‘armasini qo‘llab-quvvatlashga doir hujjatni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.