Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Orol dengizining ikkinchi nafasi

Orol dengizining ikkinchi nafasi

Daraxtlar sayyoramiz ekotizimida muhim rol o‘ynaydi. Ular biologik xilma-xillikni saqlashga, kislorod ishlab chiqarishga, havoni tozalashga yordam beradi. Fotosintez jarayonida daraxtlar karbonat angidridni o‘zlashtiradi, bu esa iqlim muvozanatini saqlashga va atrof-muhit sifatini yaxshilashga yordam beradi. Ularning ildizlari tuproqni ushlab turadi, eroziyaning oldini oladi va yerning unumdorligini saqlaydi. Tabiat tomonidan o‘ylab topilgan bu muvozanatni buzish oson, tiklash esa juda qiyindir.

ERIELL Group nafaqat o‘z faoliyati doirasida, balki jamoat tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va daraxt ekish kampaniyalarida ishtirok etish orqali ham ekologik muvozanatni saqlashga mas’uldir.
 
So‘nggi ikki yil ichida Kompaniyalar guruhi tomonidan «Boysun» ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash bazasi hududi gullab-yashnayotgan bog‘ga aylantirildi, «Yashil Makon» aksiyasi doirasida boshqa ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash bazalarida yosh ko‘chatlar o‘tqazildi, shuningdek, Toshkent shahrining Olmazor tumanidagi G‘alaba bog‘i xiyoboni hududi obodonlashtirildi, Qarshi shahridagi «Muruvvat» maktab-internati uyi yoniga yapon soforasi ekildi. Bu «sayyora o‘pkasini» tiklash bo‘yicha qilingan barcha ishlarning faqat bir qismidir.

29 oktyabr kuni «Orol dengizidagi bog‘im» loyihasi doirasida ERIELL guruhi tomonidan 2000 tup ko‘chat xarid qilinib, Ustyurt ekspeditsiyasi tomonidan Orol dengizi tubiga keng ko‘lamda ekish ishlari amalga oshirildi. Tadbir hududning o‘ziga xos ekotizimini saqlab qolishda muhim qadam bo‘ldi.
 
Ilgari dunyodagi eng katta ko‘llardan biri bo‘lgan Orol dengizi ko‘p yillar davomida antropogen ta’sirlardan aziyat chekib kelmoqda. Natijada suv yuzasi 90%ga qisqardi va bu fojea ekotizimga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Biroq ekologiya faollari, jumladan, ERIELL Groupning Ustyurt ekspeditsiyasi xodimlarining birgalikdagi sa’y-harakatlari bu betakror go‘zal maskanning ertangi kuni uchun umid baxsh etishmoqda.

2 ming tup daraxt, jumladan, 250 tup shumtol, 250 tup qarag‘ay va 1 ming 500 tup saksovul ekilgani nafaqat fiziologik tiklanish timsoli hisoblanadi, balki Orolbo‘yida hayotni qayta tiklashga intilish istagini ham ifodalaydi.
 
Ustyurt ekspeditsiyasi mutaxassislari quyoshning ilk nurlaridayoq ishtiyoq bilan ishga kirishdilar. Kun oxiriga kelib Orolbo‘yi hududining salmoqli qismi yangi daraxtlar bilan to‘ldirildi.

Rambergenov Isabay Dusenbayevich, Ustyurt ekspeditsiyasi bosh muhandisi:
 
«Daraxt ekish tabiatning bu betakror go‘shasini tiklash va o‘zgartirish sari qadamdir. Har birimizning vazifamiz ekologik farovonlikka munosib hissa qo‘shishdir», — dedi Ustyurt ekspeditsiyasi bosh muhandisi Rambergenov Isabay Dusenbayevich. «Kelajak avlodlar uchun ekologik muvozanatni saqlash uchun birgalikda harakat qilaylik!»
 
Yosh daraxtlar, birinchi navbatda, Orol dengizi qirg‘oqlarida tuproqni ushlab turish, eroziyaning oldini olish va tuproqni nobud bo‘lishdan asrashga yordam beradi. Ular havoni tozalashga va changni ushlab turishga qodir. Shu bilan birga, bu daraxt turlari quruq va issiq cho‘l sharoitida omon qolish uchun noyob qobiliyatga ega. Aynan shu fazilatlari tufayli ular ERIELL Group tomonidan Orol dengizi ekotizimini tiklash uchun tanlangan.
 
Shuni ta’kidlash kerakki, ekin maydoni sug‘orish uchun suv ta’minoti tizimiga ega. Bu yosh daraxtlarning ildiz otishi va kuchayishini ta’minlash uchun zarur choradir.
 
«ERIELL Group bunday katta ishda ishtirok etayotganidan xursandman. Orol dengizi tubiga daraxt ekish strategik ahamiyatga ega bo‘lgan qaror bo‘lib, ijobiy o‘zgarishlarga olib kelishga, ekotizimni tiklash va aholi hayotini yaxshilashga xizmat qiladi», – deydi Ustyurt ekspeditsiyasining kadrlar bilan ishlash bo‘yicha yetakchi mutaxassisi Begdullayev Dauletbay G‘ayratdinovich.

Bunday tadbirlar ekologik muvozanatni saqlash va kelajak avlod manfaati yo‘lida ishlash maqsadida bo‘lgan boshqa korxona va tashkilotlar, jismoniy shaxslarga o‘rnak bo‘ladi. Bir paytlar mavjlanib turgan go‘zal Orol dengizi tubiga ko‘chat ekish nafaqat mahalliy o‘zgarishlar, balki sayyoramizning tiklanishiga bo‘lgan umidimiz ramzidir.
 
Kelgusi yilda ERIELL Group neft-servis kompaniyalar guruhi tashkil topganining 20 yilligi nishonlanadi. Demak, oldinda bevosita faoliyat bilan bir qatorda ijtimoiy ahamiyatga ega tadbirlar bilan bog‘liq ko‘plab loyihalar turibdi.

ERIELL Group ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram
Instagram
Facebook

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring