Yaponiyaga supertayfun yaqinlashmoqda
«Xayshen» supertayfuni Yaponiya tomon ildamlamoqda va o‘zi bilan birga rekord darajada ko‘p yog‘ingarchiliklarni olib kelmoqda.
Yaponiyaning yuz minglab aholisi «Xayshen» supertayfuni tufayli evakuatsiyaga tayyorgarlik ko‘rmoqda, deya xabar berdi «MIR 24».
Milliy meteorologiya boshqarmasi tabiiy ofat «qisqa fursat ichida rekord darajada ko‘p yog‘ingarchiliklar»ni olib kelishidan ogohlantirdi. Ayni vaqtda «Xayshen» Tinch okeani bo‘ylab Okinava tomon harakatlanmoqda. Epitsentrda shamolning birdan kuchayishi soniyasiga 70 metrgacha yetadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter