Yaponiyaga «shafqatsiz» to‘fon yaqinlashyapti
Yakshanba kuni Yaponiyaga ikkita tayfun — «Mirinae» (koreys tilidan — «Somon yo‘li») va «Lupit» (filippin tilidan — «shafqatsiz») yaqin keladi, deb xabar berdi mamlakat Bosh meteorologiya boshqarmasi.
Yaponiyada 10-raqam bilan belgilangan «Mirinae» to‘foni yakshanba kuni ertalab Yaponiyaning sharqiy qirg‘oqlariga yaqinlashadi va tushdan keyin Tokio va Chiba prefekturasi yaqinidan o‘tadi, shundan keyin u shimoli-sharqqa ketadi. Yakshanba kuni ertalab tayfun markazidagi bosim 985 gektopaskalni tashkil etadi, markazda shamol tezligi soniyasiga 23, kuchayganda esa 35 metrga yetadi.
Yaponiyada to‘qqiz raqami berilgan «Lupit» to‘foni janubdan yaqinlashmoqda va yakshanba kuni kechqurun Kyusyu oroli yaqinida bo‘ladi. Hozirgi vaqtda tayfun markazidagi bosim 994 gektopaskalni, markazdagi shamol tezligi soniyasiga 20 metrni, kuchayganda 30 metrni tashkil etmoqda. Tayfun Yaponiyaning butun janubi-g‘arbiy qismini — janubi-sharqiy Tinch okeani sohilidan tortib mamlakat janubi-g‘arbiy va g‘arbidagi Yapon dengizi sohiligacha yetib borishi mumkin.
Hozirda 2020-yilgi Olimpiya o‘yinlari bo‘lib o‘tayotgan Yaponiya poytaxti Tokioga «Nepartak» tayfuni yaqinlashayotgani haqida xabar berilgandi. O‘shanda Olimpiada tashkiliy qo‘mitasi yaqinlashib kelayotgan tayfun tufayli musobaqalar jadvali o‘zgartirilishi mumkinligini e’lon qilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter