Yaponiyada «Xagibis» qurbonlari soni 67 nafarga yetdi
Bugun, 15-oktyabr kuni xabar berilishicha, Yaponiyada ro‘y bergan «Xagibis» to‘foni qurbonlari soni 67 nafarga yetgan.
Yaponiya shimoli-sharqidagi Fukusima prefekturasi to‘fondan eng ko‘p aziyat chekkan hudud bo‘lib, bu yerda qurbonlar soni ham boshqa yerlardagidan ziyod.
Tabiiiy ofatdan jabr ko‘rganlar umumiy soni 200 kishidan oshgan. Ayni paytda to‘fon bo‘lib o‘tgan hududlarda qutqaruv hamda avariya-tiklash ishlari olib borilyapti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter