Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaponiya ishxonalarida kulishga rasmiy tus berilmoqda

Yaponiya ishxonalarida kulishga rasmiy tus berilmoqda

Foto: Coisas do Japão

Yaponiyaning Yamagata prefekturasida salomatlikni yaxshilash uchun kuniga bir marta kulish haqida qaror chiqarildi.

Tashabbus yetakchi Liberal-demokratik partiya tomonidan ilgari surildi, deb yozdi Asahi gazetasi. Yamagata universiteti tadqiqotiga ko‘ra, tez-tez kuladigan odamlarda erta o‘lim xavfi kamayarkan.

Yangi qarorda ish beruvchilardan ish joyida quvnoq muhit yaratish so‘ralgan. Bundan tashqari, prefekturada har oyning sakkizinchi sanasi kulgi orqali salomatlikni mustahkamlash kuni, deb e’lon qilindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring