Yaponiyada baliqchilar to‘riga olti metrlik noyob gigant akula ilindi
Yaponiyadagi Tokio ko‘rfazida yirik pelagik katta og‘izli akula baliqchilarning to‘riga tushib qoldi. Bu haqda 12 iyun kuni NHK telekanali xabar berdi.
Qayd etilishicha, qirg‘oqdan 800 metr narida o‘rnatilgan to‘rlar ichida noyob akula topildi. Baliqchilar g‘avvosni chaqirib, noyob akulani tasvirga olishni so‘rashgan. Shundan so‘ng u to‘rdan ozod qilindi va okeanga suzib ketdi. Akulaning uzunligi taxminan olti metr bo‘lganligi aytilmoqda.
Pelagik katta og‘izli akula planktonlar bilan oziqlanadi va odatda 200 metr chuqurlikda yashaydi. Bunday akula turi juda kam uchraydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter