Yaponiyada 40 mingga yaqin kishini evakuatsiya qilish tavsiya etilmoqda
Yaponiyaning Kyusyu orolining to‘rt prefekturasida yashovchi 38 ming kishini ko‘chirish tavsiya qilindi. Bunga «Prapirun» tayfunining vujudga kelishi sabab qilib ko‘rsatilmoqda. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.
Tayfun Yapon dengizi tomondan mamlakatga xavf solmoqda. Kuchli shamol va yog‘ingarchilik kuzatilayapti. Masalan, Okinava prefekturasida 3 soat ichida 184 millimetr yog‘ingarchilik qayd etildi. Mamlakat meterologiya bosh boshqarmasi buni so‘nggi 50 yildagi eng kuchli yog‘ingarchilik deb atadi.
Meterologlar daryolar toshishi va ko‘chkidan ogohlantirib, aholini zarur bo‘lmagan hollarda ko‘chaga chiqmaslikka undamoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter