Yaponiyada uy hayvonlari uchun ham kafelar mavjud
Siz mushuklar yoki boshqa hayvonlar bilan birga hordiq olishingiz mumkin bo‘lgan kafe haqida eshitganmisiz? Bunday joylar uy hayvonlari kafelari deb ataladi va tobora butun dunyoda ommalashmoqda.
Hayvonlar qo‘nim topgan kafelar charchoqdan xalos bo‘lishga, taranglikni bartaraf etishga va kayfiyatni ko‘tarishga yordam beradi. Yaponiyada hayvonlar joylashgan muassasalar 2004-yildan beri amalda milliy hodisaga aylandi. Ushbu mehmondo‘st mamlakatning deyarli har bir shahrida siz turli xil zotli, rang va o‘lchamdagi mushuklardan tashkil topgan kafelarni uchratishingiz mumkin. Hayvonlar bilan kafelar yanada ekzotik va xilma-xil bo‘lib bormoqda: itlar, quyonlar, boyqushlar, kirpilar, sudraluvchilar – mehr-muhabbat ardog‘idagi hayvonlar o‘z mehmonlarini xursand qilishga tayyor.
Yaponiyada bo‘lganingizda, uy hayvonlari uchun qulay va do‘stona kafega tashrif buyurishingizdan oldin o‘zingizni bu uchrashuvga tayyorlang! Muassasa ma’muriyati tomonidan o‘rnatilgan qoidalarni unutmang – va har kuni shirin kulcha bilan bir piyola kofe hayvonot bog‘i olamiga qiziqarli sayohatga aylanadi. Neko-kafeda sizni mushuklar o‘rab oladi, fukuro-kafeda boyqushlar, usagi-kafeda – yoqimtoy quyonlar sizni xursand qiladi. Siz hayvonlar bilan o‘ynashingiz, ularni ovqatlantirishingiz va suratga olishingiz mumkin.
Bunday turdagi birinchi kafe 1998 yilda Tayvanda paydo bo‘lganiga qaramay, aynan yaponiyaliklar bunday muassasalarning imkoniyatlarini ochib berishgan va ularni ommalashtirishgan. Uy hayvonlari kafesida taomlarning tematik tanlovi sizni hayratda qoldiradi. Siz bu yerdan bir olam taassurotlar bilan xotirjam holda ketasiz va albatta qaytib kelishni xohlaysiz.
Ma’lumot uchun: Birinchi hayvonlar kafesi, neko kafe 2004-yilda Osakada ochilgan.
Tokioda «tipratikanli» kafe 2016-yilda ochilgan. U «Garri» deb ataladi va unda 30 ga yaqin hayvonlar yashaydi.
Tokioda eng mashhur 4 ta neko kafe mavjud: «Neko Jalala», «Neko-maru», «Calico», «Calaugh».
Hayvonlar bilan kafeda siz ma’lum gigiyena qoidalariga rioya qilishingiz kerak. Sizdan qo‘lingizni antiseptik bilan yuvishingiz va poyabzalingizni almashtirishingiz so‘raladi. Yaponiya xalqi ozodalikka juda ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishi bilan mashhur.
Kamerangizdagi chirog‘ni o‘chirib qo‘yganingizga ishonch hosil qiling. Bu nafaqat hayvonlarni bezovta qiladi, balki ularning sog‘lig‘iga haqiqiy zarar yetkazishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter