Yaponiya yaqinida 42 dengizchi va 5800 bosh sigir cho‘kib ketdi
Yaponiya yaqinida bortida 42 nafar dengizchi va 5800 bosh sigir bo‘lgan yuk kemasi suvga g‘arq bo‘ldi. Bu haqda «Associated Press» xabar berdi.
Po‘rtanaga tushib qolgan kema dastlab to‘xtab qolgan, keyin esa kuchli to‘lqin tufayli ag‘darilib, dengizga cho‘kib ketgan. Xabarlarga ko‘ra, kema bortida Yangi Zelandiyadan Xitoyga olib ketilayotgan 5800 bosh sigir bo‘lgan.
Omon qolgan ekipaj a’zolaridan birining ma’lum qilishicha, kema bortida yana 42 nafar odam — 38 ta filippinlik, 2 ta zelandiyalik va yana 2 ta avstraliyalik bo‘lgan. Katta ofitser ko‘rsatmaga binoan tezda qutqaruv nimchasini kiyib, dengizga sakraganini so‘zlab berdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter