Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaponiya O‘zbekiston tibbiyotiga ko‘makni davom ettirmoqchi

Yaponiya O‘zbekiston tibbiyotiga ko‘makni davom ettirmoqchi

Yaponiya «Inson xavfsizligini ta’minlash» tamoyiliga sodiq qolgan holda O‘zbekistonda tibbiy xizmat sifatini oshirish bo‘yicha ko‘mak ko‘rsatishda davom etadi. Bu haqda ushbu mamlakatning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Takashi Hatori sog‘liqni saqlash tizimiga zamonaviy jihozlar topshirish marosimida gapirgan.

Yaponiya hukumatining «Kichik miqyosli ijtimoiy loyihalarga beg‘araz yordam» dasturi doirasida Toshkent shahri Olmazor tumanidagi 17-sonli oilaviy poliklinikaga qiymati qariyb 90 ming dollarlik ultratovush tekshiruv uskunasi va elektrokardiograf jihozlari taqdim etilgan.

Kunchiqar o‘lkada ishlab chiqarilgan tibbiy apparatlar xastaliklarga tezkor va aniq tashxis qo‘yishda qo‘llanadi.

Avval xabar berganimizdek, 2022 yil oktyabr oyida aynan «Kichik miqyosli ijtimoiy loyihalarga beg‘araz yordam» dasturi doirasida mamlakatimiz sog‘liqni saqlash tizimiga 270630 AQSh dollariga teng grant ajratilgan edi.

O‘tgan yil avgust oyida Yaponiya tomoni umumiy qiymati 500 mln iyenani (qariyb 4,6 mln dollar) tashkil etuvchi tibbiy-diagnostika uskunalari taqdim qilgan.

2022 yil fevral oyida esa ikki davlat rasmiylari Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti qoshidagi klinikada xizmat sifatini oshirishga qaratilgan hujjatni imzolagan. Loyiha doirasida muassasaga 794 million iyena (7,35 million dollar) miqdorida tibbiy uskuna va o‘quv materiallari yetkazib berilishi ko‘zda tutilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring