Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaponiya Olimpiada bekor qilinishi haqidagi xabarga munosabat bildirdi

Yaponiya Olimpiada bekor qilinishi haqidagi xabarga munosabat bildirdi

Foto: «MarketWatch»

Yaponiya hukumati bosh kotibining o‘rinbosari Manabu Sakai Tokio olimpiadasi bekor qilinishi haqida tarqalgan xabar asossiz deya bayonot berdi.

Sakai ta’kidlashicha, bunday qaror hali qabul qilmagan. Olimpiada o‘tkaziladimi-yo‘qmi — hukumat kelgusida bir to‘xtamga keladi, hozircha Yozgi o‘yinlarga hozirlik ko‘rish davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, «Times» o‘z manbasiga asoslanib, Yaponiya Olimpiadani bekor qilish qaroriga kelib bo‘lgan, degan mazmunda xabar tarqatgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring