Yaponiya bosh vaziri koronavirusga chalindi
Yaponiya bosh vaziri devoni xabar berishicha, 65 yoshli Fumio Kisida COVID-19 bo‘yicha topshirgan test natijasi musbat chiqqan.
Bosh vazir yuqori tana harorati, yo‘tal va boshqa alomatlar yuzagacha chiqqanidan bir kun o‘tib, 21-avgust kuni test topshirgandi, deb yozdi Sanskrit Shimbun gazetasi.
Fumio Kisida 12-avgust kuni koronavirusga qarshi to‘rtinchi marta emlangandi. Yaponiyada faqat keksalarga koronavirusga qarshi to‘rtinchi doza vaksinadan foydalanishga ruxsat etilgan.
Bosh vazir o‘z qarorgohida davolanib, ishlashda davom etyapti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter