Yaponiya 2021-yil yanvar oyi oxirigacha butun dunyo uchun yopilmoqda

Yaponiya hukumati 2021-yilning yanvar oyi oxiriga qadar xorij fuqarolarini mamlakatga kiritmaslikka qaror qildi. Chet elda yurgan yaponlar va Yaponiyada doimiy ishlovchi xorijliklarga bu cheklovlar daxl qilmaydi.
Cheklov 28-dekabrdan kuchga kiradi.
Qattiq cheklovlarga koronavirus yangi shtammi dunyo mamlakatlarida juda tez tarqayotgani sabab bo‘lgan. Yangi shtamm hozircha Yaponiyada 5 kishida aniqlangan.
Yaponiyada oxirgi sutka davomida 3881 nafar yangi kovid-bemor aniqlandi. To‘rt kundirki, kasallanishlar bo‘yicha rekordlar yangilanyapti.
Kunchiqar yurtda pandemiya davrida jami kasallanganlar soni 219 ming nafarga yetgan. Vafot etganlar — 3247 nafar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter