Yapon fermerlari sholini kamaytirib, bug‘doyga o‘tishmoqda
Jahon bozorida bug‘doy narxining osmonga chiqib ketishi Yaponiya fermerlarining faoliyatiga ham ta’sirini o‘tkazmay qolmadi.
Ular global oziq-ovqat inqirozi davrida mamlakat uchun xos bo‘lgan sholi o‘rniga bug‘doy ekishni ma’qul ko‘rishmoqda.
«Fermerlar bug‘doy va soya yetishtirishni ko‘paytirishyapti, chunki jahon bozorida bu mahsulotlarning narxi o‘sib boryapti», — deb yozdi hukumat so‘rovnomasi natijalariga asoslangan «Japan Today» nashri.
Yaponiyadagi 47 prefekturadan 37 tasi sholi ekin maydonlarini qisqartirishini bildirgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter