Yanvar oyining eng kuchli smartfonlari (top-10)
AnTuTu benchmarki 2022-yilning yanvar oyidagi eng kuchli smartfonlarni aniqladi. Kuchlar nisbati Snapdragon 8 Gen 1 protsessori chiqqanidan so‘ng ancha o‘zgargan.
Qualcommning yangi platformasi reytingda yaqqol peshqadam. Ro‘yxatni iQOO 9 smartfonlari turkumi boshqarmoqda: birinchi o‘rinni iQOO 9 Pro modeli 1 020 974 ball bilan band etdi, asosiy model — iQOO 9 esa ikkinchi o‘rinda (1 020 156 ball).
Uchinchi o‘rinda — Realme GT2 Pro (1 000 641 ball).
OnePlus 10 Pro hamda Xiaomi 12 Pro — kuchli beshlikda.
Snapdragon 888 Plus protsessori o‘rnatilgan smartfonlar topning so‘nggi triosiga aylandi: Black Shark 4S Pro, Red Magic 6S Pro va iQOO 8 Pro.
Top-10
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter