Yangiyo‘ldagi hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Yangiyo‘l shahrida 8 yashar qizni begona shaxs olib ketmoqchi bo‘lgani haqida xabar berilgandi.
IIV huzuridagi Tergov departamentiga ko‘ra, joriy yilning 29 yanvar kuni soat taxminan 12:10 larda noma’lum shaxs Yangiyo‘l shahri Samarqand ko‘chasida joylashgan 10-sonli o‘rta ta’lim maktabi oldidan o‘tib ketayotganida mazkur maktabning 1-sinf o‘quvchisi 2013-yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan «S»ga «otanga olib boraman va bozordan shirinlik (shokolad) olib beraman, onang aytdi» deb uni aldash yo‘li bilan qo‘lidan ushlab, Samarqand ko‘chasi bo‘ylab harakatlanadi.
Ko‘chaning temir yo‘l vokzali oldidan o‘tib ketishayotganida, ularni ushbu ko‘chada kabob tayyorlab sotuvchi Abdulaziz O. ko‘rib qolganligi sababli noma’lum shaxs «S» va uning sumkasini tashlab hodisa joyidan yashiringan.
Mazkur holat yuzasidan 03.02.2021-yilda Yangiyo‘l shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 137-moddasi 2-qismi «a» bandi (Odam o‘g‘irlash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter