Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangi Zelandiyaning nomini o‘zgartirish talab qilinyapti

Yangi Zelandiyaning nomini o‘zgartirish talab qilinyapti

Foto: Tourexpi.com

Yangi Zelandiyaning maoirilar ishlari bo‘yicha qo‘mitasi mamlakat nomini o‘zgartirish bo‘yicha ushbu xalqning petitsiyasini o‘rganadi.

Maorilar mamlakatning rasmiy — Yangi Zelandiya nomini maorilar tilidagi Aotearoaga o‘zgartirishni talab qilishyapti.

Petitsiyaga Yangi Zelandiyaning 70 ming aholisi imzo qo‘ygan. Ma’lumot uchun: mamlakatda 5 milliondan ortiq odam yashaydi.

«Aotearoa»ning ma’nosi — «Uzun oq bulut mamlakati».

Maorilar — Yangi Zelandiyaning tubjoy aholisi.

Ma’lumot uchun: Tinch okeani bag‘rida joylashgan hozirgi Yangi Zelandiya zaminiga qadam qo‘ygan ilk yevropalik — mashhur golland dengizchisi Abel Tasman. U Janubiy Amerika janubidagi Olovli yer arxipelagidagi orolning bir qismi deb o‘ylab, bu yerni «Staten Landt» deb nomlagan. 1645-yilda golland kartograflari nomni lotincha Nova Zeelandia (Niderlandiyadagi Zelandiya viloyati sharafiga) va gollandcha Nieuw Zeelandga o‘zgartirishgan.

Keyinchalik yana bir mashhur dengizchi, britaniyalik Jeyms Kuk o‘z qo‘lyozmalarida ushbu nomning inglizchasini ishlatgan — New Zealand. Shu tariqa mamlakatning rasmiy nomi yuzaga kelgan. Mamlakat nomi (masalan, Nyu-York shahridan farqli ravishda) turli tillarda tarjimasi bilan ishlatiladi: Yangi Zelandiya, Novaya Zelandiya va hokazo.

Abel Tasman o‘ylagan joy salkam 8 ming kilometr olisda joylashgandi...
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring